"Chelsi" so'nggi 12 yildagi eng kech g'alaba golini urdi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 15:53
"Chelsi" APLning 16-turi doirasida "Lids"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

"Aristokratlar"ga g'alaba keltirgan gol esa 94-daqiqada (93:11) urildi. Bu jamoaning so'nggi 12 yildagi eng kech urilgan g'alaba goli bo'lmoqda. 2009 yilning sentyabrida Floran Maluda "Stok Siti" darvozasiga 93:36 daqiqada gol urgandi.

"Lids"ga qarshi o'yinda Jorjino penaltidan urgan goli orqali jamoasiga g'alaba keltirdi. Ayni damda londonliklar APL turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA