"Chelsi" "Siti" hujumchisiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 19:00
"Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko yanvar oyida klubni o'zgartirishi mumkin.
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a'zosiga "Chelsi" qiziqib qoldi.

London Evening Standard nashrining xabariga ko'ra, bu transfer yanvar oyi oxiriga qadar amalga oshishi mumkin.

"Siti" ustozi Manuel Pellegrini o'zining chempionlik yo'lidagi raqobatchisiga hujumchini sotmasligi ham mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net