"Chelsi" Romanoli borasida "Milan"ga yangi taklif yuboradi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016, 14:16
"Chelsi" himoyachi Alessio Romanoli borasida "Milan"ga yangi taklif yuborishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi avval taklif qilingan 35 mln. evroga 5 mln. evro bonus qo'shmoqchi. Romanolining o'ziga 3,5 mln. evrolik maosh taklif qilinadi. Alessioning hozirgi yillik maoshi 2 mln. evro.

Oldinroq "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoaga yana bir himoyachi kerakligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian