"Milan" sardori A Seriyaning boshqa klubiga o'tadi

Оқил Абдубарноев
8 iyul 2022
"Milan"ning sobiq sardori Alessio Romanoli "Lacio"ga o'tadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi rimliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Romanolining maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi, bonuslarni qo'shib hisoblaganda esa uning mavsumdagi daromadi 3,4 millionga ko'tarilishi mumkin. Yaqin kunlarda himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com