"Chelsi" Regilonni xarid qilmoqchi, ammo...

Alisher
10 avg 2020, 14:27
"Chelsi" "Sevilya"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" himoyachisi Serxio Regilonga qiziqish bildirmoqda.

Ammo, londonliklar ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritishlari uchun Emerson yoki Markos Alonsodan birini sotishlariga to'g'ri keladi.

Frenk Lempard jamoaning chap qanot himoyasidan norozi va transferlar oynasida ushbu poziciyaga o'yinchi izlamoqda.

Xabarlarga ko'ra, 42 yoshli mutaxassisning maqsadlaridan biri "Lester" himoyachisi Ben Chilvell hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/angelomangiante