Chelsi, PSJ va Milanning sobiq himoyachisi Aleks faoliyatini tugatdi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2016, 01:46
Braziliyalik himoyachi Aleks da Kosta futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

34 yoshli futbolchi yozda Portu bilan kelisha olmadi.

Oilam bilan kelishgan holda faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Jarohatimni davolash uchun operaciya talab qilinadi, undan keyin 9 oy davolanaman. Qattiq og'riqni his qildim va unga chiday olmadim, – deydi Aleks.

Aleks Chelsi, PSJ va Milan klublari safida o'ynagan. Futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 17 marta maydonga tushgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globo.com