“Chelsi” o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi va uni ijaraga berdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 00:20
Yarim himoyachi Jeremi Boga Londonning “Chelsi” klubi bilan yangi 3 yillik shartnoma imzoladi.

Lekin bu futbolchi mavsumni boshqa jamoada o'tkazadi. “Aristokratlar” rahbariyati uni “Birmingem Siti” klubiga joriy mavsum oxirigacha ijaraga berdi.

20 yoshli yarim himoyachi yaqinda ham “Chelsi”, ham Kot-d'Ivuar terma jamoasi tarkibida debyut o'yinini o'tkazgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif