"Chelsi" Marez uchun "Lester"ga 23 mln. evro va Atsuni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 13:05
Jazoir terma jamoasi va "Lester" yarim himoyachisi Riyad Marezga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati 24 yoshli futbolchi uchun 23 mln. evro sarflashga tayyor. Bundan tashqari, "Chelsi" kelishuvning bir qismi sifatida "tulkilar"ga "Bornmut"dan chaqirib olingan Kristian Atsuni ham berishga tayyor. Oldinroq "Lester" ustozi Klaudio Raneri klub yetakchilari yozgacha jamoani tark etmasligini aytgan edi.

Marez joriy mavsumda Angliya chempionatining 21 uchrashuvida maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca