"Chelsi" Mamardashvilini qo'lga kiritish uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda

Оқил Абдубарноев
7 apr 2023, 00:49
"Chelsi" "Valensiya" darvozaboni Georgiy Mamardashvilini sotib olish uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

Manbaga ko'ra, gruziyalik futbolchi APLning yetakchi klublari, jumladan, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted”ning e'tiborini tortmoqda. Ammo "ko'klar" allaqachon Mamardashvilining vakillari bilan Londonda uchrashib, 22 yoshli posbonning transferini muhokama qilishgan.

Oldinroq ispan klubi darvozabonni sotishdan kamida 25 million evro ishlab olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Mamardashvili o'tgan yilning noyabr oyida "Valensiya" bilan 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan, uning tovon puli 100 million evroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda darvozabon “ko'rshapalaklar” safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Cope