"Chelsi" Kulibaliga qiziqmoqda

Alisher
29 iyun 2022, 12:17
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Chelsi" 30 yoshli senegallik bilan Londonda ilk muzokaralarni o'tkazdi.

Oldinroq ma'lumot berilganidek, Senegal terma jamoasi o'yinchisining o'zi neapolliklar safida qolishga tayyor. U bu uchun hattoki maoshining pasayishiga ham rozi.

Kulibalining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio