"Chelsi" Konferenciyalar Ligasi uchun tarkibini e'lon qildi: Koul Palmer ro'yxatda yo'q

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024, 13:22
"Chelsi" Konferenciyalar Ligasining asosiy bosqichi uchun qaydnomasini ma'lum qildi, unda asosiy jamoaning 3 nafar o'yinchisi yo'q.

Jamoa yetakchisi Koul Palmer, shuningdek, Uesli Fofana va Romeo Laviya ushbu turnir qaydnomasiga kiritilmadi. Klub o'z qarorini 2025 yilning iyuligacha cho'zilishi mumkin bo'lgan zich taqvim tufayli futbolchilarni ayash zarurligi bilan izohladi.

DarvozabonlarRobert Sanches, Filip Yorgensen, Lukas Bergstryom, Maks Merrik;

Himoyachilar: Aksel Disasi, Mark Kukurelya, Tosin Adarabioyo, Benua Badiashile, Ris Jeyms, Malo Gyusto, Renatu Veygu, Levi Koluill, Josh Achimpong;

Yarim himoyachilar: Enco Fernandes, Karni Chukvuemeka, Kirman Dyusberi-Xoll, Moyses Kaysedo, Chezare Kazadey, Kiano Dayer, Tayrik Jorj, Xarrison Makmaxon;

Hujumchilar: Pedru Netu, Mixaylo Mudrik, Joau Feliks, Nikolas Jekson, Kristofer Nkunku, Jeydon Sancho, Mark Giu, Noni Madueke.

"Chelsi" guruhda "Gent", "Panatinaikos", "Noax", "Xaydenxaym", "Astana" va "Shemrok Rovers" jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN