"Chelsi" Kavani uchun 84 million evro berishga tayyor

Narzulla Saydullayev
19 fev 2014, 21:24
Londonning "Chelsi" klubi "PSJ" hujumchisi Edinson Kavani uchun kurashda favorit hisoblanmoqda.
O'tgan hafta Kavani agentlari Londonga tashrif buyurib, bir necha klub vakillari bilan uchrashib qaytishdi. Ular qatorida "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" ham bor. Ushbu futbolchiga, shuningdek, Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq "ko'klar" xo'jayini Roman Abramovich  Edinsonni sotib olishga qatiy qaror qildi va uning uchun 84 million evro to'lashga tayyor ekani ma'lum qilinmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru