"Chelsi" Jiru bilan xayrlashmoqchi emas

So'nggi paytlarda OAV "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruning xizmatlariga "Inter" va "Yuventus" jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatmoqda.

Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati 32 yoshli futbolchini qo'yib yuborish fikridan voz kechgan. Londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard Jiruni jamoaning muhim bo'lagi deb biladi.

APLning joriy mavsumida 8 o'yin o'tkazgan francuz 2 ta gol urgan. Uning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Manba: Calciomercato