"Chelsi" "Inter" hujumchisini sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 may 2023
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Chelsi" nishoniga aylandi.

Londonliklar futbolchi uchun 70 million funt to'lashlari kerak. Futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 33 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lum qilinishicha, argentinalikka APLning yana bir klubi ham davogarlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider