"Chelsi" futbolchisi Ispaniyaga qaytmoqchi

Alisher
8 noya 2019, 16:00
"Chelsi" darvozaboni Villi Kabalero klubdan ketishga yaqin.

38 yoshli argentinalik futbolchi yozda "Chelsi"dan ketishni va Ispaniyaga qaytishni xohlamoqda.

"Chelsi" Kabalero bilan shartnomani uzaytirmaydi va u erkin agent maqomida jamoadan ketishi kutilmoqda.

Kabalero joriy mavsum APLda 2ta o'yinda maydonga tushib, gol o'tkazib yubormadi.

Argentinalik posbon bunga qadar "Boka Xuniors", "Elche", "Arsenal" (Sarandi), "Malaga" va "Manchester Siti" jamoalari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS