"Chelsi" futbolchisi "Inter"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 12:56
"Neradzurri"lar qanot himoyachisi izlamoqda.

"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Inter" himoyachisi Dalbert klubdan ketishga yaqin turibdi. Shu boisdan 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uning o'rnini egallashi kutilmoqda.

Alonsoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yil iyuniga qadar davom etadi. Yakunlangan mavsumda u APLning 18 o'yinida 4 gol hamda 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia