“Chelsi” futbolchilari butsasini mikroto'lqinli pechda isitib, maydonga tushishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
12 okt 2022, 09:50
Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Chelsi” futbolchilari o'yinlardan oldin butsalarini mikroto'lqinli pechga qo'yib, isitib oladi.

Pech “Stemford Brij”dagi kiyim almashtirish xonasida joylashgan va maxsus taymer bilan jihozlangan. U butsalar kerakligi haroratgacha qizib ketgan-ketmaganini ko'rsatadi.

Shuningdek, safar uchrashuvlaridan oldin ham klub avtobusiga mikroto'lqinli pech o'rnatiladi.

Ushbu metodika oyoq kiyimni yanada yumshoqroq, maydonga moslashuvchan va qulayroq qiladi. “Aristokratlar” 2020/21 yilgi mavsumdan beri bundan foydalanib keladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun