

Argentinalik mutaxassis jarohati tufayli uzoq vaqtdan beri maydonga tushmagan darvozabon Robert Sanches bo'lajak o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
Pochettino, shuningdek, himoyachilar Malo Gyusto va Levi Koluillning "Kristal Pelas" bilan o'yinda (3:1) olgan jarohatlari jiddiy emasligini ta'kidladi – ikki futbolchi ham "shaharliklar"ga qarshi o'yinda jamoaga yordam berishga tayyor.
Bundan tashqari, Pochettino Tiago Silva bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishini, ammo uning jarohati kichik ekanligini ta'kidladi. "Chelsi" yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka ham to'pig'idan jarohatlandi.



