"Chelsi" "Brayton"dan Kukurelyani xarid qilsa, Alonsoni "Barselona"ga sotadi

Alisher
2 avg 2022, 13:37
"Chelsi" "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelyaning xaridiga yaqin.

Agar 24 yoshli ispaniyalik borasida muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, London klubi himoyachi Markos Alonsoni "Barselona"ga qo'yib yuboradi.

Kukurelya o'tgan mavsum "Brayton" safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian