"Chelsi" Azarning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
2 dek 2018, 15:31
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

"Goal" xabariga ko'ra, "aristokratlar" 20 yoshli futbolchini kelasi yili yozda "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Eden Azarning o'rniga munosib ko'rmoqda.

Pulishichning shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi. "Arilar" amerikalikni 80 mln evroga baholamoqda.

Bu mavsumda Pulishich dortmundliklar tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal