

Nemis futbolchisi shanba kungi mashg'luotni o'tkazib yubordi va "Chelsi"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritilmadi. Ozilda mushak muammolari bor. Jarohat darajasi ma'lum emas. Xavbek "to'pchilar"ning ketma-ket ikkinchi uchrashuvini o'tkazib yubormoqda - u "Kyoln"ga qarshi Yevropa ligasi o'yinida ham ishtirok etmagan edi.



