Chalxano'g'lu faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

4 avg 2019, 19:25
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxano'g'lu klubini o'zgartirishi mumkin.

25 yoshli Turkiya termasi o'yinchisi "RB Leyptsig" qiziqishlari doirasiga tushgan. Unga shuningdek, Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi ham qiziqmoqda. La Gazetta dello Sport nashrining xabar berishicha, bu borada Chalxano'g'lu o'zi "Milan"da qolishni istamoqda.

O'z navbatida milanliklar xavbekni 18-20 mln evroga sotishga tayyor. Xakan o'tgan mavsum A Seriyada 36 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol hamda 7 ta assist sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira