CAFA U17 Championship 2025 musobaqasiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Eron bilan bir guruhda

Narzulla Saydullayev
23 may 2025, 11:14
Ertaga, 24 may kuni Toshkentda CAFA U17 Championship 2025 musobaqasi start oladi.

Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron va Qirg'iziston bilan birga "A" guruhidan joy oldi. Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqani ertaga Qirg'izistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. 28 may kuni Eronga qarshi bahs o'tkaziladi. 

Musobaqaning final uchrashuvi 31 may kuniga belgilangan. Eslatib o'tamiz, CAFA U17 Championship 2025 turnirining barcha o'yinlari Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia