"Buxoro": Veycer, Gadoev va Ravshanov bilan shartnoma tuzildi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2017, 15:59
"Buxoro" yana uch futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Kecha yurtimizga tashrif buyurgan xorvatiyalik legioner Ivor Veycer "Buxoro" bilan shartnoma tuzishga ulgurdi. Ushbu yarim himoyachi 1988 yil 24 mayda tavallud topgan bo'lib, so'nggi mavsumni Albaniyaning "Vlazniya" klubida o'tkazgan edi.

Mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazishi kutilgan Shohrux Gadoev va Elbek Ravshanov  ham kecha "Buxoro" bilan shartnoma tuzishdi va 2017 yilgi mavsumni buxoroliklar safida boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfcbuxoro.com