

1994 yilda tavvallud topgan hujumchi Toshkentning “Lokomotiv”, “Olmaliq” va “Obod” klublaridagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan. Bundan tashqari Shog'ulomov 23 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi safida ham harakat qilgan.
Bugun “So'g'diyona”ga qarshi kechgan nazorat bahsida Alisher Shog'ulomov g'alaba keltirgan ikkinchi golga mualliflik qildi va “Buxoro” safida ilk golini nishonladi.




