Buskets: "Shartnoma uzaytirish? "Barselona" prezidenti vadasini bajaradi degan umiddaman"
Aslanov Jasurbek
25 fev 2016, 14:47
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu o'z vadasida turishiga umid bildirdi.
"Bu mavzuni prezident hal qiladi. U o'z vadasida turadi degan umiddaman. Qayerda o'ynashni istashimni bilaman. Klub va uning muxlislari meni qadrlashini his qilyapman. Biz baxtli damlarni boshimizdan kechiryapmiz" - deydi Buskets.