Buskets safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
9 may 2021
"Atletiko"ga qarshi o'yinda "Barselona" futbolchisi Serxio Buskets jarohat oldi.

32 yoshli futbolchining jarohati haqida klub matbuot xizmati shunday xabar berdi.

"Serxioning yuz chanog'i yuqori qismi jiddiy jarohatlangan. U yaxshi holatda, ammo buni davolash uchun bir qancha vaqt ketadi", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Atletiko" himoyachisi Stefan Savich bilan to'p uchun havodagi kurashda boshi bilan to'qnashib ketdi.

Ushbu mavsumda Buskets barcha turnirlarda 47 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia