Buskets koronavirus bilan kasallandi. Litvaga qarshi o'yinda asosiy tarkib o'rniga Ispaniya yoshlar jamoasi o'ynaydi

Alisher
7 iyun 2021, 07:52
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Serji Buskets koronavirusga musbat test topshirdi.

Futbolchi o'zini izolyaciya qilmoqda.

Bundan tashqari, ispan jamoasi virus tarqalishining oldini olish choralarini ko'rdi - rejalashtirilgan tadbirlar bekor qilindi yoki ko'chirildi.

8 iyunga belgilangan Litvaga qarshi o'yinda Ispaniya yoshlar terma jamoasi o'ynaydi.

Luis Enrike jamoasi o'zining Evro-2020dagi ilk o'yinini 14 iyun kuni Shvetsiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sefutbol.com