Buskets: "Barselona" ushbu mavsumda barcha sovrinlarni yutishi mumkin"

Alisher
20 yanv 2020
"Barselona" xavbeki Serxio Buskets La Liga 20-tur doirasidagi "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu direktorlar kengashining qarori edi. Kim kelishidan qatiy nazar, har qanday ijobiy o'zgarishga ishonamiz.

Har bir mutaxassisning o'z uslubi va futbolga qarashi bor. Ernestoning qilgan ishlaridan minnatdormiz va Seten bilan ham ishlashdan mamnunmiz.

"Barselona" joriy mavsum barcha sovrinlarga ega chiqishni xohlaydi", - deydi Buskets.

Eslatib o'tamiz, kecha "Barselona" La Liga 20-tur doirasidagi "Granada"ga qarshi uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.


AlisherMuallif
Manba: Marca