“Bunyodkor”ning 77 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi barham topdi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2013, 08:18
Toshkentning “Bunyodkor” klubi oliy ligada 2007 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Klub oliy ligada shu kunga qadar o'z uyida o'tgan ikkitagina o'yinda mag'lub bo'lgan. Ikkalasi ham 2007 yilga to'g'ri keladi. So'nggi marta “qaldirg'ochlar” 2007 yil 30 noyabr kuni o'z maydonida o'tkazilgan o'yinda mag'lub bo'lishgandi. O'shanda “Metallurg” “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Oradan 5 yil 8 oy 11 kun vaqt o'tgach “qaldirg'ochlar” o'z maydonlaridagi o'yinda mag'lub bo'lishdi.  

Mana shu muddatda “qaldirg'ochlar” oliy liga doirasida o'z maydonlarida 77 ta o'yin o'tkazishdi. Natijalar quyidagicha: 70ta g'alaba va 7ta durang.

Shu yil “Paxtakor” klubining xuddi shunday 103 o'yinlik seriyasiga “Lokomotiv” barham bergandi.

Bundan tashqari “Paxtakor” shu kungacha “Bunyodkor”ni oliy liga doirasida umuman mag'lub eta olmay kelayotgandi. “Bunyodkor” ushbu raqibni 5 marta mag'lub etgan. 8ta o'yinda durang natijasi qayd etilgandi. “Sherlar” 10 avgust kuni o'z tarixlarida ilk bor “Bunyodkor”ni oliy liga doirasida taslim qilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia