"Bunyodkor" yarim himoyachisi "Buxoro"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 11:00
Davralar oralig'ida o'z tarkibini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan “Buxoro” kuni-kecha Alisher Sanoevni ortga qaytardi.

O'tgan mavsum buxoroliklar safida to'p surib, yorqin o'yinlari bilan mahalliy muxlislarda iliq taassurot qoldirgan Sanoev joriy mavsum avvalida Toshkentning “Bunyodkor” klubiga ko'chib o'tgandi. “Qaldirg'ochlar” safida o'ynab, nufuzi jihatidan yuqori o'rinda turadigan Osiyo chempionlar ligasida o'ynab, o'ziga yarasha tajriba orttirgan Alisher yana “Buxoro”ga qaytdi. Shubhasiz uning qaytishi markaziy yarim himoyani kuchaytirish turgan gap.

“Buxoro” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com