"Bunyodkor" - "Yagelloniya". "Qaldirg'ochlar"ning tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
6 fev 2014, 17:57
Bugun Toshkentning "Bunyodkor" klubi Antaliyada Polshaning "Yagelloniya" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
"Bunyodkor" va Polshaning "Yagelloniya" jamoalari uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Bu haqda "qaldirg'ochlar" rasmiy tvitteri xabar berdi.

Mirjalol Qosimov polshaliklarga qarshi ikki xil tarkibni sinab ko'radi. Bu esa barcha futbolchilarga bir xil yuklamalar berilishini taminlaydi.

Uchta darvozabon - Pavel Bugalo, Murodjon Zuxurov va Akbarov To'raev 30 daqiqadan harakat qilishadi. Ularga ham teng yuklama berilgan.

Marhamat "Bunyodkor"ning "Yagelloniya"ga qarshi tarkibi bilan tanishing.

"Bunyodkor" 1-bo'lim: Pavel Bugalo, Xayrulla Karimov (S), Boburjon Akbarov, Akmal Shorahmedov, Sahob Jo'raev, Javlon Ibroximov, Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov, Bahodir Pardaev, Vohid Shodiev, Oleksandr Pishur

2-bo'lim Murotjon Zuhurov, Sergey Simonenko, Shukurali Po'latov, Hasan Asqarov, Rustam A'zamov, Sardor Sobirxo'jaev, Mirjamol Qosimov, Alibobo Rahmatullaev, Mansur Saidov, Zabihillo O'rinboev, Anvar Berdiev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia