Bunyodkor vice-prezidenti PFL tomonidan jarimaga tortildi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014, 19:49
“Bunyodkor” klubi vice-prezidenti Baxtiyor Boboev 3-tur doirasidagi “Bunyodkor”–“Olmaliq” uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun O'zbekiston PFL tomonidan jazolanadi.
Boboev o'yin yakunlangach, hakam yordamchisi Xusniddin Shodmonov manziliga kurakda turmaydigan so'zlarni yo'llagan. Shuningdek, unga baklajkani ham uloqtirgan.

“Nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014-yilgi O'zbekiston chempionati reglamenti”ning buzilgani bois, tartib-intizom kodeksining 5,53 moddasi hamda 5-modda, 2-qism, 5,36-punktlariga binoan “Bunyodkor” vice-prezidenti jarimaga tortildi.

Agar mazkur holat yana takrorlansa, Boboevga nisbatan jiddiy jazo qo'llaniladi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz