Bunyodkor Tojikistonga boradi

Alisher
11 okt 2019, 12:22
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan Bunyodkor bugun qo'shni yurt, qardosh xalq Tojikistonga safar uyushtiradi.

Qaldirg'ochlar safar davomida Tojikistonning nomdor jamoalaridan biri Xo'jandga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Aytish kerak, bu kabi o'rtoqlik o'yinlari so'nggi yillarda ikki qardosh davlat rahbarlarining do'stona munosabati, aloqalarni yanada mustahkamlanishi hamda chegaralarning ochiqligi sababidan amalga oshirilmoqda, deyish mumkin.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi ertaga Xo'jand shahridagi Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi stadionida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 15:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com