"Bunyodkor" stadioni atrofida muxlislar uchun monitor o'rnatilmoqda

Alisher
15 iyun 2022, 18:56
Bir necha soatlardan so'ng U-23 Osiyo kubogi yarim finalidan o'rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuv boshlanadi.

Xabaringiz bor, avvalgi uchrashuvdagi tartibsizliklar sabab OFK mazkur bahsni o'zbekistonlik muxlislarsiz o'tishini ma'lum qilgandi. Shunga qaramay, futbol muxlislari uchun sharoit yaratilmoqda. Bugungi o'yinni tomosha qilish maqsadida "Bunyodkor" stadioni atrofiga katta monitor o'rnatilmoqda.

Futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashingizni so'rab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia