“Bunyodkor” sobiq yarim himoyachisi “Jeleznichar”ga o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2016, 21:22
“Bunyodkor” jamoasining endilikda sobiq yarim himoyachisi Samir Bekrich faoliyatini Bosniya va Gercegoviniya chempionatida davom ettiradigan bo'ldi.

U Saraevoning “Jeleznichar” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu klub 16ta jamoa ishtirok etadigan Bosniya va Gercegoviniya chempionatida 18-turdan so'ng 28 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan.  

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com