"Bunyodkor" Sergey Lushchanning barcha qarzlarini to'lab berdi

Narzulla Saydullayev
18 may 2019, 15:02
Natijada majburiy ijro klub ofisi eshiklarini ochishga ruxsat berdi.

Shuningdek, "Bunyodkor"ga tegishli avtomashinalar va texnika vositalari, ularning hujjatlari qaytarildi. Kecha futbolchilar mart oyi uchun ish haqlarini ham olishdi va bu albatta Toshkent derbisi oldidan o'ziga xos motivaciya vazifasini bajardi, deyish mumkin", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z rasmiy kanalida.

Ma'lumot uchun, Lushchan 3 may kuni championat.asia ofisiga kelib intervyu bergandi. O'shanda murabbiy "Bunyodkor"ning undan 750 million so'm qarzi borligini ma'lum qilgandi.

VIDEO  Sergey Lushchan: "Meni nohaq ayblashdi. "Bunyodkor" bosh direktorini sudga beraman"


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia