

Uchrashuv oxirida "Bunyodkor" ishqibozlari joylashgan sektor bosh murabbiy Shuhrat Maqsudovning iste'fosini so'rab, uning o'rnini yordamchi murabbiy Viktor Karpenko egallashini talab qildi. Biroz avval "qaldirg'ochlar"ning muxlislar klubi yetakchisi Shovkat Imomov saytimiz vakili F.Ro'ziev bilan bog'lanib, holat haqida tushuntirish berdi.
"Bugun "Bunyodkor"ga joni achiydigan muxlislar va jamoa rahbariyati o'rtasida suhbat tashkil qilindi. Biz kelishib oldik. Muxlislar keyingi bahslarda jamoani qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Bosh murabbiy masalasini esa rahbariyatning o'zi ko'rib chiqadi.
Fursatdan foydalanib, kecha bizni yolg'izlatib qo'ymagan respublikadagi barcha klublarning faol muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Barchaga Ramazon hayiti muborak bo'lsin! Ilohim, barchamiz kelgusi mundiallarda terma jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaylik", - deydi Imomov.




