"Bunyodkor" - "Qizilqum". Toshkentdagi o'yinlarda "qaldirg'ochlar" ustun

Iskandarov Abdulaziz
10 avg 2022, 11:29
Bugun Superliganing 15-tur bahslariga start beriladi.

Ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshlagan ikki jamoalar "Bunyodkor" va "Qizilqum" Toshkentda o'zaro to'qnash kelishadi. 

Poytaxtda kechgan 15ta uchrashuvning 12tasida "qaldirg'ochlar" ustun kelgan bo'lsa, tomonlar 2 bor murosa ko'chasini tanlashgan. Navoiyliklar "Bunyodkor" ustidan mehmondagi yagona va tarixiy g'alabasini 2017 yil qo'lga kiritgan. Viktor Karpenko shogirdlari raqib darvozasiga 30 bor yo'l topgan, o'z darvozalaridan 7ta to'p olib chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia