"Bunyodkor" futbol klubi mavsumning qolgan qismida o'yin amaliyoti kam bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan hamda yoshlar tarkibida o'zlarini yaxshi hislatlarini namoyish etgan bir necha futbolchilarni oliy liganing boshqa klublariga ijaraga berdi.
Bu haqda “qaldirg'ochlar” rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Jumladan: Furqat Hasanboev - "So'g'diyona", Kamronbey Kapadze va Javlon Mirabdullaev - "Andijon", Orifjon Mamajonov va Shukurali Po'latov - "Navbahor", Dilshod Hamroev - "Qizilqum" kabi klublarda o'ynashadi.
Ma'lumot uchun, Oliy liga 1-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi 15 mart kuni "Paxtakor" markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi.