"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida Vengriya klubidan ustun keldi

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2024, 19:20
Superliganing aksariyat jamoalari singari "Bunyodkor" ham ayni paytda Antaliyada yangi mavsumga tayyorlanmoqda.

"Qaldirg'ochlar" bugun Antaliyadagi ilk sinov-nazorat o'yinida Vengriyaning “Xaladash" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi. Poytaxt klubining gollariga Toni Yovich va Muzaffar Olimjonov mualliflik qildi. Raqib safida Patrik Taryan to'p kiritdi. 


Nazorat uchrashuvi

“XALADASH” (Vengriya) - “BUNYODKOR” - 1:2

Gollar: Toni Yovich, 10 - 0:1. Patrik Taryan, 22 - 1:1. Muzaffar Olimjonov, 87 - 1:2.

"Bunyodkor" birinchi bo'limda: Sarvar Karimov, Tohir To'xtasinov, Abdufattoh Foziljonov, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Azizbek To'lqinbekov, Freyn Chiryak, Bilol Tupliev, Toni Yovich, Mirjahon Mirahmadov, Orzu Turg'unov

Ikkinchi bo'limda: Marin Lyubich, Narimon Ahmadjonov, Najmiddin Normurodov, Samir Jelkovich, Muzaffar Olimjonov, Amir To'raqulov, Suhrob Izzatov, Ollobergan Karimov, Umid Sultonov, Andrey Gulyamov, Rustamxon Azimov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia