“Bunyodkor” mavsumning 2-qismiga tayyorgarlik ko'rmoqda

16 iyul 2013, 19:21
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni 14 iyuldan tog'li xududlarda boshladi.
Toshkent viloyatidagi “Archazor” maskani ayni paytda “qaldirg'ochlar” qarorgohiga aylangan. U yerda olib borilayotgan mashg'ulotlarda asosan jismoniy holatga urg'u berilmoqda. Jamoamiz a'zolari tog'dan 22 iyulda qaytib kelishadi va tayyorgarlikning qolgan qismini poytaxtimizda olib boradilar.

26 avgustda “Bunyodkor” o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.

Manba: fcbunyodkor.com