"Bunyodkor" klubi G'iyosov qaytganini, Abduraimov va Murtozaev ketganini rasman tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2020, 12:55
Xabaringiz bor, 10 avgustdan e'tiboran mamlakatimizda transfer oynasi ochildi.

Mavsumning ikkinchi qismini yanada ishonchli o'tkazishni maqsad qilgan jamoamiz ilk transferni amalga oshirdi. O'tgan mavsumni Bunyodkorda o'tkazib, ishonchli o'yinlari va gollari bilan jamoamizning muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo'shgan Xurshid G'iyosov yana safimizda. Yil avvalida Janubiy Koreyaning Anyang klubi bilan shartnoma imzolab, mavsumning birinchi qismini legioner sifatida o'tkazgan yarim himoyachi yana qaldirg'ochga aylandi. Futbolchi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Shuningdek, mavsum boshida ijara asosida Nasafdan jamoamiz safiga kelib qo'shilgan Humoyun Murtazoev va Sardor Abduraimov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashdik. Bunyodkor futbol klubi har ikkala o'yinchining keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi. Ma'lum bo'lishicha, har ikkala futbolchi ham faoliyatini yana Nasafda davom ettiradi, - deb yozadi Bunyodkor rasmiy sayti. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com