"Bunyodkor" hamda Toshkent viloyati futbol akademiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022, 17:05
OFKning ikki yulduzli maqomiga mos ravishda faoliyat olib borayotgan "Bunyodkor" futbol akademiyasi hamkorlik faoliyatini kengaytirmoqda.

"So'nggi yillarda yurtimizning turli hududlarida "Bunyodkor" akademiyasining filiallari ochilgan edi. Endi Respublika miqyosidagi akademiya bilan hamkorlik o'rnatildi.

Bugun Toshkent viloyati futbol akademiyasi rasmiylari "Bunyodkor" futbol klubida mehmon bo'lishdi. Tadbirda "Bunyodkor" futbol klubi direktori Aziz Haydarov, "Bunyodkor" akademiyasi direktori Islom Ahmedov hamda Toshkent viloyati futbol akademiyasi direktori Albert Axmetgaleev ishtirok etdi. 

Ikkala jamoa rasmiylarining uchrashuvidan asosiy maqsad barcha yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va buni hujjatlarda rasmiylashtirish edi. Rasmiylashtirilgan memorandumga ko'ra, endi "Bunyodkor" va Toshkent viloyati futbol akademiyasi yosh iqtidorlarni bir falsafa ostida tarbiyalash bo'yicha hamkorlik qiladi.

 Albatta, bu hamkorlik yaqin kelajakda o'z samarasini berib, tarbiyalanuvchilarimiz o'zbek futboli kelajagiga aylanadi va terma jamoalarimizning yetakchilariga aylanadi", – deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати