
Uchrashuvda hisob ochilmagani haqida xabar berganmiz. E'tiborlisi shundaki, "qaldirg'ochlar" bu mavsumda birinchi bor oliy ligada raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi.
Bunga qadar bo'lib o'tgan 17ta o'yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari kamida bitta gol urishgandi. "Sho'rtan" klubning golli seriyasiga barham berdi. Eslatib o'tamiz, ushbu o'yinda Oleksandr Pishur belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi.
Oxirgi marta "Bunyodkor" oliy liga doirasidagi o'yinda 2012 yil 26 avgust sanasida gol ura olmagan. O'tgan mavsumning 17-turida Qarshida "Nasaf" bilan 0:0 hisobi qayd etilgan.