"Bunyodkor" 18 yoshli futbolchisi uchun "Rubin"dan bir million dollar so'radi

Alisher
2 avg 2022, 14:10
"Rubin" "Bunyodkor"ning 18 yoshli o'yinchisi Umarali Rahmonaliev bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, o'zbek klubi futbolchi uchun bir million evro talab qilgan. Rahmonalievning o'zi esa "Rubin"ga o'tishga qarshi emas. Agar klub yarim himoyachining Qozon klubiga o'tishiga to'sqinlik qilsa, u shartnomani bir tomonlama bekor qilishga tayyor.

Futbolchining "Bunyodkor" bilan shartnomasi 2022 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt portali Rahmonalievni 200 ming evroga baholamoqda.


⚡️ "Rubin" "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yubordi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru