

Nemis grandi "Bavariya" bu turda "Gerta" mehmoni bo'ldi. Berlinda kechgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi, ammo myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.
Dortmundning "Borussiya" klubi 7-turda "Augsburg" mehmoniga aylandi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'tgan mavsum Bundesliga to'purari sovrinini qo'lga kiritgan Per-Emerik Obameyyang bir nechta qo'lay vaziyatdan unumli foydalana olmadi va futbolchi uchrashuvni golsiz yakunladi. Shunga qaramasdan u hozircha Germaniya chempionati to'purarlari ro'yxatida yetakchilardan biri bo'lib turibdi.
To'purarlar ro'yxati bilan tanishing:




