

Mazkur bahsda jamoalar muxlislarni zeriktirib qo'yishmadi. Mehmonlar g'alabaga juda yaqin kelgan edi. Biroq, o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 5-daqiqada belgilangan penalti vaziyatni o'zgartirib yubordi. Kongolik Silas Vamangituka 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi va durangni taminladi - 2:2. TURNIR JADVALI
Shtutgart – Borussiya M 2:2
16 yanvar, 22.30, "Mersedes-Benc-Arena"
Gollar:
0:1 – 35, Shtindl (penalti), 1:1 – 58 Gonsales, 1:2 – 61 Zakariya, 2:2 – 90+5, Vamangituka (penalti).
Shtutgart – Kobel, Kempf, Shtencel (Didavi, 82), Anton, Sosa, Kastro (Klement, 74), Endo, Mangalya, Klimovich (Kalaydjich, 56), Vamangituka, Gonsales (Kulibali, 82).
Borussiya M – Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Bensebayni, Shtindl (Volf, 72), Kramer (Xerrmann, 71), Xofmann, Zakariya (Benesh, 89), Noyxaus, Embolo (Plea, 61).
Ogohlantirishlar:
Zakariya (37), Shtindl (45), Gonsales (71), Xofmann (73), Vamangituka (81).




