Bundesliga. "Bavariya" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi, Keyn esa gol+pas va jarohat bilan

Mirjalol Normatov
19 avg 2023, 01:29
Germaniya Bundesligasining yangi mavsumiga start berildi.

Ilk uchrashuvda "Bavariya" safarda "Verder" mehmoni bo'ldi va ishonchli hisobda g'alabaga erishdi. Bahsda myunxenliklarning yangi hujumchisi Xarri Keyn gol+pas qayd etdi. Shuningdek, 84-daqiqada jarohat olib, o'yinni erta yakunladi.

Verder – Bavariya 0:4

"Vezershtadion"

Gollar: 0:1 – 4 Sane, 0:2 – 74 Keyn, 0:3 – 90+1 Sane, 0:4 – 90+8 Tel.

Verder – Pavlenka, Vayzer (Berk, 59), Velkovich, Fridl, Piper, Yung (Opic, 79), Bitenkur (Shmid, 68), Linen (Gross, 68), Stage (Kovnacki, 79), Fyullkrug, Duksh.

Bavariya – Ulrayx, Mazraui, Upamekano, Kim Min Je (de Ligt, 68), Devis, Goretcka (Laymer, 79), Kimmix, Koman (Shupo-Moting, 84), Sane, Musiala (Myuller, 84), Keyn (Tel, 84).

Ogohlantirish: Duksh (20), Kim Min Je (55), Linen (56).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia