

Mazkur uchrashuvning so'nggi daqiqalari birmuncha qiziq ko'rinish oldi. O'yinning 85-daqiqasida fransiyalik Entoni Modest hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o'tgach mezbonlar vakili Filipp Martin Maks o'yindagi muvozanatni tikladi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
Augsburg – Kyoln 1:1
7 iyun, 21.00, "VVK-Arena"
Gollar:
0:1 – 85 Modest, 1:1 – 88 Maks.
Augsburg – Lyute, Framberger, Maks, Uduoxay, Edvay, Grueso, Xedira, Vargas (Leven, 76), Sarenren-Bazee, Rixter, Niderlexner (Finnbogason, 76).
Kyoln – Xorn, Yakobs, Lyaystner, Shmitc (Katterbax, 28), Xektor, Kaync, Sxiri (Xeger, 46), Chixos, Exizibue, Kordoba (Modest, 82), Ut (Redjbechay, 71).
Ogohlantirishlar:
Shmitc (15), Ut (25), Framberger (51), Xektor (90).
30-turda qayd etilgan barcha natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan quyida tanishishingiz mumkin.





